Rossiyaning Fransiyadagi elçisi Aleksandr Orlov Suriya hududida Rossiyaning Su-24 rusumli harbiy bombardimonçi samolyoti Turkiyaning F-16 rusumli qiruvçi samolyoti tomonidan urib tuşirilgaç, katapulta orqali samolyotni tark etgan uçuvçilardan biri tirik qolganini tasdiqladi.

Uning sözlariga asoslanib, Reyter naşrining xabar tarqatişiça, ayni vaqtda qutqarilgan uçuvçi Suriya hukumati ixtiyorida bölib turibdi.

Biroz oldinroq, Rossiya Mudofaa vazirligi uçuvçilardan biri turkman jangçilari tomonidan havodaligidayoq otib öldirilgani haqida xabar qilgandi.

Bugun ertalab, OAVlar Su-24 samolyotining ikkinçi uçuvçisi suriyalik harbiylar tomonidan qutqarilgani haqida xabar tarqatdi.

Dastlab, ayrim OAVlarda samolyotning har ikki uçuvçisi halok bölgani haqida xabar berilgan, lekin bu ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagandi.

Söng Suriya muxolifati uçuvçilardan birining tanasini hukumat qamoğida bölgan vakillaridan biriga almaştirmoqçi bölgani xabar qilingandi.

Şuningdek, Suriyadagi turkmanlar guruhi vakili uçuvçilarning yerga tuşgaç, otib taşlangani haqida ma'lumot bergan.

Keyinroq, turkmanlar Su-24 samolyotining katapulta qilgan uçuvçilariga havodaligidayoq öt oçişgani videosi paydo böldi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etişiça, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.