Poytaxtimizda “YevroOsiyo – 2015” ikkinçi xalqaro parrandaçilik forumi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Milliy axborot agentligi xabar qildi.
Xabarda keltirilişiça, forumda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi, Özbekiston menejyerlar va “Parrandasanoat” uyuşmalari hamkorligida taşkil etilgan tadbirda Özbekiston, Xitoy, Gollandiya, Rossiya, Ukraina kabi davlatlar vakillari iştirok etdi.
Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Şayxov, “Parrandasanoat” uyuşmasi raisining örinbosari P.Rahmatullayev, Yevroosiyo parrandaçilar uyuşmasi prezidenti S.Şabayev va boşqalar Özbekistonda Prezident Islom Karimov rahnamoligida qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş va fermerlik harakatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar oziq-ovqat mahsulotlari möl-kölligi va aholi farovonligini ta'minlaşda muhim omil bölayotganini ta'kidladi.
Joriy yilning töqqiz oyida Özbekistonda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş 6,6 foizga ösdi. Parrandaçilikka ixtisoslaşgan uç mingdan ortiq tadbirkorlik sub'yektlari va fermer xöjaliklarida parhez göşt va tuxum yetiştiriş hajmi yil sayin ortmoqda. Hozir yurtimizda qariyb 55 million parranda parvarişlanmoqda. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 7,6 foiz köpdir.
Xalqaro forumda sohada qisqa muddatda parranda mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş va aholini sifatli parhez mahsulotlari bilan ta'minlaşga erişilgani alohida qayd etildi. Şuningdek, parrandani oziqlantiriş, kasalliklarga qarşi kuraşiş, naslçilik işlarini yaxşilaş, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng jalb etişga bağişlangan ma'ruzalar tinglandi.






