Turkiya xat orqali BMT boş kotibi Pan Gi Mun va taşkilotning Xavfsizlik kengaşiga Rossiyaning Su-24 rusumli bombardimonçi harbiy samolyoti urib tuşirilgani böyiça ma'lumot jönatdi. Bu haqda turkiyalik diplomatga asoslangan hola Reyter agentligi xabar qilgan.
Biroz oldinroq, Turkiya hukumati BMTning Xavfsizlik Kengaşi a'zolari bölgan mamlakatlarning (Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQŞ) Istanbuldagi elçilarini Suriya bilan çegara hududida Su-24 samolyotining urib tuşirilişi böyiça muhokama ötkaziş uçun çaqirgandi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr, seşanba kuni Turkiya Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyotini öz havo hududini buzib kirgani uçun urib tuşirdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakillarining ta'kidlaşiça, samolyot faqat Suriya hududida parvoz qilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 samolyotining Suriya hududida urib tuşirilişini orqadan berilgan zarba sifatida baholagan.






