Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati va Turkiyaning “Dal Teknik Makina” kompaniyasi örtasida Özbekistonda yana bir yangi sement zavodi quriş böyiça memorandum imzolandi. Bu haqda kompaniya vakili Lina Dyurak Toşkentda oçilgan "BusinessCem 2015" xalqaro konferensiya davomida ma'lum qildi.

Dyurakning ta'kidlaşiça, uşbu loyiha ham Surxondaryo viloyatida amalga oşirilib, 2018 yilning iyul oyida tugallanişi rejalaştirilmoqda.

Yangi zavod yiliga 1,5 million tonnagaça sement işlab çiqariş quvvatiga ega bölişi rejalaştirilgan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 250 million AQŞ dollariga yaqin mablağni taşkil qiladi. Uşbu mablağ Olmaliq toğ-metallurgiya kombinati, Özbekiston Respublikasi tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hamda mahalliy tijorat banklarining kreditlari hisobiga moliyalaştiriladi.

Ma'lumot uçun, ayni paytda Özbekistonda 8ta sement zavodi faoliyat yuritadi va ularning umumiy işlab çiqariş quvvati 8,64 million tonnani taşkil etadi.