FIFA axloq qömitasi futboldan umrbod çetlatiş huquqiga ega emas. Bu huquq faqat FIFA kongressida bor. Bunday bayonot FIFA prezidenti Yozef Blatter tomonidan aytilgan.

24 noyabr kuni UYeFA rahbari Mişel Platinining advokati Tibo d'Ale FIFA axloq qömitasi öz mijozini bir umrga futboldan çetlatilişini talab qilayotgani haqida aytgandi.

Söngra Germaniyadagi naşrlarda Blatterning ham umrbodga futboldan çetlaştirilişi talab qilinayotgani haqida xabarlar paydo böldi.

"Men bunday ma'lumotni tasdiqlay olmayman. Agar men yomon odam bölganimda bu haqda sizga darhol aytgan bölardim. Men FIFA amaldori emasman, FIFA kongressi tomonidan saylangan prezidentman. Taşkilot ustavida şunday körsatilgan. Mening faoliyatim böyiça muammo bölsa, bu iş bilan meni saylagan kişilar şuğullanişi kerak.

Agar FIFA axloq qömitasi taşkilot prezidentiga "tezda ofisingizni tark eting", desa bu juda ayançli. Bu barça tuyğularni jarohatlaydi, lekin öla ham olmaysan. Men öz huquqlarim tiklanişi uçun kuraşda davom etaman", deydi Blatter.

Eslatib ötamiz, şu yilning 27 may kunida, prezidentlik sayloviga 2 kun qolganida FIFAning 7 nafar amaldori korrupsiyada ayblanib, qölga olingandi. Saylovda Blatter beşinçi marta öz nomzodini qöydi va ğalaba qozondi. Lekin u 2 iyun kuni muddatidan oldin iste'foga çiqişini ma'lum qildi.

Oktyabr oyida Blatter 90 kunga futbol faoliyatidan çetlaştirildi. Undan taşqari UYeFA rahbari Mişel Platini hamda FIFA boş kotibi Jyerom Valkega ham 90 kunlik çeklov qöyilgan.

Blatter oradan 9 yil ötib ketib ketganidan keyin FIFAdagi maslahatçi lavozimi uçun Platini hisobiga 2 million yevro ötkazib bergan va bu tölov hujjatlarda aks etmagan. Ular aybdor deb topilişsa, 7 yilga futboldan çetlatilişi mumkinligi aytilgandi.
Şuningdek, Blatter va Platiniga ular Etika qömitasi bilan hamkorlikdan boş tortgani uçun qöşimça ayblov qöyilmoqda.

Har ikkala mutasaddi Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilişmoqçi.

FIFA prezidentligi uçun muddatdan avvalgi saylov 2016 yilning 26 fevralida bölib ötadi. Ayni vaqtda taşkilotni vaqtinçalikka Afrika futbol konfederatsiyasi rahbari Issa Hayatu boşqarib turibdi.