Rossiyaga tegişli samolyotni urib tuşiriş haqidagi qaror Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning obröini NATO böyiça ittifoqçilar oldida tuşirib yubordi, şuningdek, Ğarbning rasmiy Moskva bilan IŞID qarşi kuraş masalasida yaqinlaşişga bölgan urinişlarini yöqqa çiqardi.
Bu fikrlar CNN telekanalining saytida çop etilgan materialda keltirildi.
“Hozirning özidayoq Germaniya va Çexiyaning rasmiy şaxslari Turkiyaning harakatlari borasida öz taajjublarini bildirmoqda”, - deyiladi maqolada.
“Endilikda Erdöğanning NATO böyiça hamkorlari uni murakkab vaziyatni yanada çigallaştira oladigan işonçsiz odam deb bilişadi.
Sovuqqonlikni saqlay oladigan hamkor sifatida qaramaydilar, vaholanki mana şu Şimoliy Atlantika alyansiga sovuq uruş oxiriga qadar yaşab qoliş imkonini bergan”, - deb hisoblaydi muallif.






