Farğonada qalloblar uy sotib olmoqçi bölgan keksa ayolning 8 ming dollar pulini olib qöydi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvçi D. Burxonova köp qavatli uylardan birida xonadon xarid qiliş maqsadida Farğona şahriga taşrif buyurgan. Bu yerda Kamol ismli qallob öz şeriklari bilan ayolni aldab, özlariga tegişli bölmagan uyni körsatişgan va uning evaziga 8 ming dollar pul olişgan.
Uy B. Ahmedov ismli boşqa bir erkakka tegişli bölib çiqqan.
Ahmedov va Burxonova, aldanganlarini tuşunib, IIBga murojaat qilişgan.
Qalloblar tez orada qölga olinib, javobgarlikka tortilgan. Moddiy qimmatliklar va pullar esa egalariga qaytarilgan.






