Fransiya istiqomat qiluvçi oq emigrant Vladimira fon Dreyyerning qizi — dekabr oyida 100 yoşga töladigan baronessa Irina Vladimirovna fon Dreyyer RF hukumatiga özining vatani deb hisoblaydigan Rossiya fuqaroligini oliş böyiça murojaat qilib çiqdi, deya xabar beradi RIA «Novosti».

«Onam Rossiya pasportini olişga qaror qildi. Çunki u rus. U 1915 yil 15 dekabr kuni Moskvada tuğilgan, 1920 yilda noyabrda oilasi bilan, otasi qirollik armiyasi general-mayori, oq harakat iştirokçisi bilan birga Rossiyani tark etgan. Şunday qilib u Rossiya fuqaroligidan ayrilgan. Hozir unda Fransiya fuqaroligi mavjud, lekin bu pasportni rusçasiga almaştirmoqçi», — deya gapirib ötgan uning öğli baron Foma fon Dreyyer.

Uning sözlariga köra, bir neça kun muqaddam Irina Vladimirovna pasport oliş böyiça barça hujjatlarni rasmiylaştirgan.

«Bu voqea Putinning Parijga kelgan kunlari (30 noyabr nazarda tutilmoqda). Sodir böladimi yöqmi, bilmayman. Biz qançalik tezroq pasport olsak, bu juda katta xursandçilik keltirgan bölardi», — deydi Fon Dreyyer.