Ukrainaning “Delovaya stolitsa” naşri Özbekistonga qarşi savdo uruşi taşabbusçisining nomini keltirdi. Aytilişiça, Özbekistondan kelayotgan avtotransport vositalari importiga maxsus bojxona tölovi joriy qiliş taklifini bergan taşkilot “Ukravtoprom” – Ukraina avtomobilsozlar uyuşmasidir.

Uyuşma marketing va iqtisodiy tahlil departamenti direktori Georgiy Ovsyannikovning sözlariga qaraganda, Özbekistonda ham ukrainalik avtoyetkazuvçilarga 5 foizli qöşimça tölov joriy qilingan, bundan taşqari, Ukrainadan Özbekistonga maşina yetkazişni susaytiradigan valyuta çeklovlari örnatilgan.

“Natijada ötgan yilning töqqiz oyi mobaynida Ukraina Özbekiston bozoriga 11.8 mln dollarga 1.32 ming yengil avtomobil yetkazgan bölsa, şu yilning yanvar-sentabr oylarida bu körsatkiç tegişli ravişda 950 ming dollar va 100 dona maşinaga teng böldi”, - qayd qildi Ovsyannikov.

Ekspertlarning fikriça, GM-Uzbekistan vakillari amalda Ukraina bozoriga qiziqmay qoldi, şu bois yilning uç çoragi davomida Ukrainada Özbekistonning 1.15 mln dollarlik 170 maşinasi sotilgan.
“Qiyos uçun, şu davrda Rossiyada GM-Uzbekistan 90 barobar, Qozoğistonda 15 barobar köproq maşina sotdi”, - deyiladi materialda.