"Al-Qoida" va IŞID terrorçi taşkilotlari örtasida Somalidagi "Aş Şabob" ekstremistik guruhi ustidan nazorat örnatiş uçun kuraş ketmoqda. Bu haqda Telegraph gazetasi yozgan.

Qayd etilişiça, IŞID bir neça marta "Aş Şabob" jangarilariga maxsus videoroliklar jönatgan. Bunday roliklarda yoş somaliliklar IŞID safiga qöşiliş uçun da'vat qilingan. Bu vosita öz ta'sirini körsatmay qolmagan, biroz oldinroq "Aş Şabob"ning 2 qömondoni IŞIDga sadoqat izhor qilgan.

Somali prezidenti Xasan Şayx Maxmudning fikriça, bu somaliliklarning "yöldan oğişganini" anglatadi. Prezident jangarilarni amnistiyadan foydalanişga çaqirgan.

Siyosiy tahlilçilarning fikriça, "Aş Şabob" jangarilarining IŞIDga qöşilişi ularga "Al Qoida"dan ustunlikni ta'minlaydi. Ularning aytişiça, IŞID şu yilning bahorida Nigeriya hududidagi "Boko Haram"ni öz ta'siri ostiga olgaç, öz faoliyat doirasini kengaytirgandi.

Şu bilan birgalikda, "Aş Şabob"ning asosiy rahbarlaridan biri "Al Qoida"dan "yuz ögirilmasligi"ni aytib ötgan. Qayd etiş kerakki, "Al Qoida" "Aş Şabob"ni moliyaviy jihatdan ta'minlab keladi.

Ba'zi tahlilçilar esa, IŞID va "Al Qoida" örtasidagi raqobat Somalidagi "terrorizmning yöqolişi" jarayonini tezlaştiradi.

Biroz oldinroq, AQŞ "Aş Şabob" yetakçisi haqidagi ma'lumot uçun mukofot e'lon qilgandi.