Tojikistonning statistika agentligi rahbariyati Rossiya migratsiya xizmatining Rossiyadagi tojikistonliklar borasidagi statistik ma'lumotlari aniqligiga şubha bildirmoqda.
“Biz Rossiya statistikasi böyiça ma'lumotlarni aniqlaştirdik. Rossiyaga biror fuqaro kelib, uç oydan keyin ketib va keyin Rossiyaga öşa migratsiya kartoçkalari bilan kelsa ham bir neça kişiga hisoblanadi”, deb aytmoqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Gulnora Hasanzoda.
Hasanzodaning fikriça, Rossiya hududida Rossiya rasmiy ma'lumotlarida keltirilgançalik köp tojik mavjud emas. “Bu haqiqatga mos kelmaydigan raqamlar”, deb aytdi Hasanzoda.
Rossiya Federal migratsiya xizmati ma'lumotlariga köra, 2015 yil 5 noyabriga köra Rossiyada 935 ming tojikistonlik bölgan.
Yil boşiga nisbatan Rossiyadagi tojikistonliklar soni 64 mingga kamaygan. Yil boşida ularning soni 999 mingdan köproqni taşkil qilgan.
Bu orada Tojikiston mehnat, migratsiya va aholining bandligi vazirligi migratsiya xizmati ma'lumotlariga köra, joriy yilning 8 oyida Tojikistondan 430 ming odam mehnat migratsiyasi bilan çiqib ketgan. Bu körsatkiç 2014 yilning şu davriga nisbatan 28 ming 676 kişi yoki 9,3 foizga kamroqni taşkil qiladi.
“Mehnat migratsiyasi darajasining kamayişi Rossiyaga 2015 yil 1 yanvardan xorijiy pasportlar bilan kiriş va Rossiya tomonidan xorijiy davlatlar mehnat muhojirlari faoliyatiga tegişli amaldagi qonunçilikka özgartirişlar kiritilişi bilan boğliq” deb aytilmoqda Tojikiston migratsiya agentligida.






