Toşkentda bugun, 26 noyabr kuni, inson huquqlari böyiça “Inson huquq va manfaatlarining işonçli himoyasini ta'minlaş – mamlakatni demokratik yangilaş va modernizatsiya qilişning eng muhim yönalişi: Özbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiya iş boşladi, deb yozmoqda "Gazeta.uz".

“Xalqaro forumni ötkazişdan közlangan maqsad nafaqat jamoatçilikni va xorijlik hamkorlarimizni Özbekistonda inson huquqlari böyiça ahvol qandayligi borasida axborot beriş, balki çet el ekspertlarining bu boradagi tajribasini ham olişdir”, - dedi tadbirni oçib bergan inson huquqlari böyiça milliy markaz direktori Akmal Saidov.

Tadbirda turli mamlakatlar elçilari, xalqaro institutlar vakillari, şuningdek, Özbekiston parlamenti, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari vakillari, fuqarolik jamiyati namoyandalari iştirok etmoqda.
“Bu özgaruvçan dunyoda bağrikenglik va inson huquqlarini hurmat qiliş asos prinsiplar hisoblanadi, - dedi BMTning Özbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner öz çiqişida. – Inson huquqlari rivojlangan davlatning eng muhim indikatorlaridan biridir”.

Konferentsiya ikki kun davom etadi. Unda inson huquqlari, sud-huquq tizimini demokratizatsiya va liberalizatsiya qiliş singari masalalar körib çiqiladi.