Turkiya markaziy ştabi Turkiya-Suriya çegarasida sönggi vaqtlardagi eng yirik patrullik qiliş böyiça amaliyotni ötkazdi. Markaziy ştab tarqatgan bayonotga köra, operatsiyada bir vaqtning özida 18 dona F-16 qiruvçisi iştirok etdi.
Onadöli agentligi ma'lumotlariga köra, Rossiya samolyotining urib tuşirilişi bilan boğliq hodisadan söng harbiy qömondonlik Suriya bilan çegaradagi Xatay provinsiyasiga qöşimça 20ta tankni yubordi. “Tanklar Gaziantep şahriga temir yöl orqali yetkazilib, undan keyin harbiy yuk maşinalarida taşildi. Politsiya va jandarmeriya kuzatuvi ostida ular Beşinçi tank brigadasi joylaşgan hududga olib borildi ", - xabar berdi agentlik.
Markaziy qömondonlik 2015 yil boşidan buyon Suriya bilan çegaraga çegaralar himoyasini ta'minlaşi lozim bölgan yirik armiya kontingentini joylaştirgan. Bundan taşqari, Suriyaning Xatay provinsiyasi janubi böylab joylaşgan hududlarda etnik turkmanlar istiqomat qilişadi. Anqara Rossiya HHKning mazkur hududlar böylab aviazarbalar berişidan qattiq xavotirda ekanini ma'lum qilgan edi.






