“Özbekiston havo yöllari” milliy aviakompaniyasi aviaparkining çet el samolyotlari bilan tölib borayotgani munosabati bilan ularga mos yangi trenajyorlarni örnatiş ehtiyoji tuğilmoqda. Şu munosabat bilan aviakompaniya yangi töla pilotajli A320 samolyotining Full-flight-simulyatorini (FFS) xarid qildi.
Kanadaning aviatsion trenajyorlar işlab çiqaruvçi SAYe kompaniyasi uşbu mahsulotning yetkazuvçi böldi. Ta'kidlanişiça, yangi moslama reallikka maksimal darajada yaqinlaştirilgan şaroitlarda uçişni örganişga möljallangan.
“Özbekiston havo yöllari” MAK trenajyor majmuasining texnik ta'minlanganligi trenajyor tayyorgarligini nafaqat şaxsiy uçiş tarkibi bilan ötkaziş, balki çet el aviakompaniyalarga kadrlarni öqitiş va qayta tayyorlaş xizmatlarini taklif qiliş uçun ham yetarlidir. Bugungi kunda majmuada Boing-757/767, A320 havo kemalarining zamonaviy simulyatorlari hamda Il-114-100ning Full-flight simulyatori işlab turibdi. FFS A320ning işga tuşirilişi bilan MAKda çet el öquv markazlarini jalb etmagan holda zamonaviy Airbus A320 samolyotlarini boşqaruvçi mutaxassislarni tayyorlaş imkoniyati paydo böldi.






