Nigeriya sohillarida Polşa savdo kemasi qölga olindi. Bu haqda «Radio Polşa» naşri xabar tarqatmoqda.
«Sapfir» yuk kemasi 16 nafar polşalik dengizçilar bilan birgalikda Antverpendan Nigeriyaning Anna portiga yuk olib kelayotgan bölgan. 27 noyabrga ötar keçasi kema Kipr bayroğini örnatib olgan qaroqçi kema tomonidan garovga olingan.
Nigeriya hukumatining qayd etişiça, mamlakat harbiy-dengiz kuçlari mazkur kemani qutqarib olişga yönaltirilgan.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, Nigeriyada qaroqçilar tomonidan kemalarni garovga olinişi tez-tez uçrab turadi. Joriy yilning fevral oyida ular Gretsiyaning neft tankerini qölga olişgandi.






