AQŞning Detroyt şahrida joylaşgan Shinola soatsozlik kompaniyasi çeklangan miqdordagi yangi kolleksiyasini afsonaviy boksçi Muhammad Ali şarafiga çiqardi. Fashionmag naşrining xabar berişiça, soatlarning soni 400 donani taşkil qiladi.
Mazkur soatlar Great Americans marka lineykasida işlab çiqarilgan.
Soatning korpus qismi zanglamas pölatdan işlangan, jigarrang körinişdagi kamar teri koji alligatorlaridan qilingan. Soatning bahosi — 2 250 dollar. Uşbu soat Great Americans lineykasining yaqindagina aka-uka Rayt va Genri Ford şarafiga çiqarilganidan keyin taqdim etildi.

Bundan taşqari Muhammad Ali Center bilan hamkorlikda «Kassius Kley» (Sportçining asl ism-şarifi. Ali ismini u islomni qabul qilganidan keyin olgan) yozuvi tuşirilgan futbolkalar işlab çiqarilmoqda. Şuningdek boks qölqoplari va kitob ham çop etilgan.






