Amerikalik olimlar spirtni yoruğlik yordamida distillaş usulini kaşf qilişdi. U qizdiriş yordamida distillaşdan köra kamroq energiya talab qiladi va kuçliroq, 99 foizli spirt beradi. Bu haqdaga maqola ACS Nano jurnalida çop etildi.

Rays universiteti vakilasi Naomi Xelas etil spirti va suv aralaşmasiga oltin va kremniy oksididan bölgan nanomoddalar qöşib, suspenziyaga lazer nurlarini qaratdi. Nur nanomoddalarga tekkanida fotonlar ularni yutadi, şundan söng harorat oşadi. Natijada yoruğlik eritmaning yuzasidan uşlanadi, qiziş oqibatida esa aralaşmadan etil spirti ajralib çiqadi.

“Oxirgi ön ming yil davomida odamlar suvni notöğri ravişda tubidan qizdirib kelişgan. Biz bu işni tepadan qilamiz: yangi usul energiya samardorligini ta'minlaydi, negaki suyuqlikning butun hajmini qizdirişni talab qilmaydi”, - deydi tadqiqotçi.

Spirtni optik distillaş eski bir muammoni çetlab ötişga yordam beradi: alkogolning maksimal konsentratsiyasini 95 foiz bilan çeklaydigan azeotrop aralaşmaning hosil bölişi.