«Özavtoyöl» AKda Germaniyaning qator kompaniyalari iştirokida uçraşuv va muzokaralar bölib ötdi. Bu haqda "Özavtoyöl" AK matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ularda Özbekiston hamda Germaniya Federativ Respublikasi örtasida avtomobil yöllari qurilişi böyiça yölga qöyilgan hamkorlik va uni samarali davom ettiriş masalalari muhokama qilindi.

Germaniyaning Özbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Naytxard Xyofer-Vissing hamda GFR iqtisodiyot va energetika Federal vazirligi boşqarma boşliği örinbosari Bernxard Dux iştirokida bölib ötgan uşbu muzokaralarda mazkur mamlakatning BOMAG GmbH, AMMANN kabi va boşqa kompaniyalari vakillari bilan kelgusida yölga qöyilişi mumkin bölgan hamkorlik xususida söz bordi.

Muzokaralar çoğida Özbekistonda mahalliy xomaşyo va işçi kuçi bazasida jahon andozalariga javob beradigan hamda Özbekiston yöl qurilişida işlatiladigan yuksak texnika va texnologiyalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan, asfalt-beton qorişmalari tayyorlaşga yönaltiriladigan, BOMAG GmbH, AMMANN kompaniyalari iştirokidagi qöşma korxonalar barpo etiş, yölsozlik sohasiga investitsiyalar jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

Öz navbatida nemis kompaniyalari mazkur taklif yuzasidan özlarining amaliy rejalarini yaqin vaqtda taqdim etişini ma'lum qildi.

Uçraşuvlarda tomonlarni qiziqtirgan barça masalalar böyiça fikr almaşildi.