Putin Erdöğanning turk uçuvçilari urib tuşirilgan Su-24 samolyoti Rossiyaga tegişli bölganini bilmagani haqidagi gaplarini bahona deb aytdi.
Putin bu haqda fransiyalik hamkasbi Fransua Olland bilan muzokaralar natijalariga köra bergan matbuot-anjumanida aytdi. Putinning aytişiça, Turkiya harbiy-havo kuçlari Su-24 samolyotini tanimagan bölişlari mumkinmas, çunki ularda taniqlik belgilari bor va ular juda yaxşi körinadi.
“Bu safsata, bahona. Afsus, bu masalaga jiddiy, çuqur yondaşiş örniga, şunday mantiqsiz tuşuntirişlarni eşitmoqdamiz”, deb aytdi Putin.
Avvalroq Erdöğan turk tomoni agar Su-24 samolyoti Rossiyaga tegişli ekanini bilganda, özini boşqaça tutgan bölardi, deb aytib ötdi.






