Qirğiziston hukumati savdo soliğidan bosqiçma-bosqiç voz keçişga qaror qildi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Temir Sariyev bayonot berdi.
Uning sözlariga qaraganda, yaqin vaqt içida mamlakatda iqtisodiyot dollarizatsiyasi darajasini tuşiriş borasida çoralar köriladi. Buning uçun eksportni rivojlantiriş dasturini amalga oşirişga alohida e'tibor qaratiladi. Jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidagi mamlakatlarda talab bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni köpaytiriş rejalaştirilmoqda.
Bunday işlab çiqarişlarni rivojlantiriş uçun esa, öz navbatida, savdo-sotiq va sanoat sohasiga imtiyozlar beriş talab qilinadi. Yuqoridagi taşabbus aynan şuning mevasidir.






