Tojikiston Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar yaxşilanişiga umid bildirdi, deb aytilmoqda Tojikiston Taşqi işlar vazirligi bergan bayonotda.
“Tojikiston aksilterrorçilik operatsiyasida iştirok etayotgan Rossiya harbiy samolyotining 24 noyabrda urib tuşirilgani bilan boğliq noxuş voqeani afsus bilan qabul qildi va halok bölgan harbiylarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyilmoqda bayonotda.
Vazirlikda xalqaro darajada terrorçilikka qarşi kuraşda yakdillik, birdamlik va özaro kömak muhimligi ta'kidlab ötildi.
Ta'kidlanişiça, bu talqinda Rossiya tomonidan ötkazilayotgan aksilterrorçilik kampaniyasi muhim örin tutadi.
Tojikistonda Rossiyada köngilsiz voqeaga Rossiya va Turkiya örtasida yomonlaşgan munosabatlarning yaxşilanişi va vaziyatni yumşatişga kömak beruvçi xolis baho berilişiga umid bildirildi.
Avvalroq Ozarbayjon hukumati Rossiya va Turkiya örtasidagi ixtilofni hal qilişda yordam berişni taklif qildi.






