Avstraliyalik mutaxassis Mirko Yyeliçiç Toşkentning "Lokomotiv" jamoasig boş murabbiy sifatida tayinlandi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berilgan.

"Joriy mavsum yakuniga yetganidan söng “Lokomotiv” futbol klubi rahbariyati jamoamiz murabbiylar ştabida faoliyat yuritib kelgan Mirko Yyeliçiçni rasman boş murabbiy etib tayinladi. Avstraliyalik mutaxassis jamoani bölajak öyinlarga tayyorlaydi va klub natijalari natija uçun endilikda u javobgar böladi.

Mirko Yyeliçiç bungaça asosiy tarkib murabbiylar ştabida işlab kelayotgandi. Endilikda yangi futbolçilar uning qaroriga köra tanlab olinadi. Yyeliçiçga murabbiylar ştabida Andrey Miklyayev yordam beradi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek Pyotr Gizimçuk işlaydi.

Mavsum yakunlangaç, köpçilik “Lokomotiv”ga endi kim boş murabbiy bölarkin deya qiziqib körgan, hatto bu borada ba'zi nomzodlar nomi ham ilgari surilgandi. Biroq klubimiz rahbariyati Mirko Yyeliçiga işonç bildirişini ta'kidladi.

Serb millatiga mansub mutaxassis ayni paytda uyida dam olmoqda. Uning 9 dekabr kuni Toşkentga qaytib kelişi kutilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, 17 oktabr kuni Oliy Liga yakuniga hali 5 tur qolganida "Lokomotiv" Vadim Abramovni jamoa boş murabbiyligidan böşatgandi. Bunga jamoaning çempionatda qayd etayotgani natijalari rahbariyatni qoniqtirmagani sabab böldi.

Jamoa ötgan haftada yakunlangan Oliy Liga birinçiligida 74 oçko bilan ikkinçi örinda qoldi. Birinçi örinda esa 75 oçko töplagan "Paxtakor" jamoasi örin egalladi.