Xitoy raisi Si Tszinpin rejalaştirilayotgan harbiy islohotlarning asosiy yönalişlarini belgilab berdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi ma'lum qildi.
Xitoy Qurolli kuçlarni isloh qiliş doirasida “harbiy okruglar tizimini qayta taşkil etiş va birlaşgan tezkor qömondonlik tuzilmasini yaratiş bilan armiyada islohotlar” ötkazadi, deb aytdi Si Tszinpin. Agentlikning ta'kidlaşiça, bu işlarni 2020 yilgaça yakunlaş rejalaştirilmoqda.
Xitoy raisining tuşuntirişiça, hozirgi öz içiga 7 ta harbiy okrugni oluvçi tuzilma özgartiriladi. Bundan taşqari, birlaşgan tezkor qömondonlik birligini yaratiş rejalaştirilmoqda, bu mamlakat mudofaa tizimining turli elementlari örtasidagi muvofiqlaştiriş darajasini oşiradi.
Yangi harbiy islohotlar doirasida 7 ta harbiy okrugda özgartirişlar amalga oşiriş közda tutilgan. Ayni paytda ularning asosiy vazifasi yirik yer usti operatsiyalarini ötkazişdan iborat, biroq bunday operatsiyalar ötkazişning ehtimoli kam sanaladi. Şu munosabat bilan bu yirik birlaşmalarning miqdori qisqartirilişi mumkin.
Xitoy raisining aytişiça, Xitoyning barça Qurolli kuçlari bölajak islohotni “intiqlik bilan kutmoqdalar va uning amalga oşirilişini qat'iy talab qilmoqdalar”. Şu bilan bir vaqtda mutaxassislar orasida bu islohotlarni yoqlovçi va unga qarşi çiqayotganlar bor.
Si Tszinpin, şuningdek, armiyada intizomni nazorat qiliş va korrupsiyaga qarşi yangi organ yaratilişini e'lon qildi.






