Yaqindagina ketma-ket yakkaxon konsertlarini ötkazgan xonandalar – Botir Qodirov va Sardor Mamadaliyev bitta taronani ijro etib çiqişdi. Aniqroği, “Yiğlatur” qöşiği Botir Qodirov konsertida yangragan bölsa, oradan bir neça kun ötib FM radiolaridan birida Sardor Mamadaliyev tomonidan ijro etilgan namunaning prem'yerasi bölib ötdi. Bu tasodifmi yoki atayin qilingan iş?

"Yiğlatur" taronasining sözi Ra'no Yaraşevaga tegişli. Botir Qodirovning prodyuserining Kun.uz saytiga ma'lum qilişiça, xonanda uşbu qöşiqni Kamoliddin Rahmatovdan rasman ruxsat olgan holda 2006 yildan buyon ijro etib kelmoqda.

“Kontsert yakunlanib, oradan bir hafta ötganidan söng Sardor Mamadaliyev bu qöşiq ijro etilganidan xabardor böla turib, uni ijro etişga qaror qildi. Bu holatni tasodifga yöyiş notöğri bölardi, çunki mazkur qöşiqqa Qodirov buyurtmasi asosida musiqiy sayqal bergan Nodir Umarov “Yiğlatur” taronasi Botir Qodirov konsert dasturiga kiritilganidan xonanda Mamadaliyevni ogohlantirgan. Lekin hamma narsaning çegarasi borku, ayniqsa taqlidning”, - dedi prodyuser.

Mazkur masalaga Sardor Mamadaliyev tomonining munosabatini biliş maqsadida xonandaning ma'muri bilan boğlandik. Xonanda ma'muri Najmiddin Mamadaliyevning aytişiça, ular avvaliga mazkur taronani Botir Qodirov ijro etayotganidan bexabar bölişgan. “Nodir Umarov bizga bu haqda ma'lum qilganidan söng tayyor holatdagi qöşiqni konsert repertuaridan olib taşladik. Botir Qodirov uşbu qöşiqni töylarda aytib yurganini ham bilardik, lekin uning studiya variantini tayyorlaganidan xabarimiz yöq. Sardor bilan Botir örtasidagi munosabatlar yaxşi, aka-ukadek. Lekin biz ham qöşiqni tayyorlaş uçun xarajat qilib qöygan edik, syomkasigaça tayyor. Şuning uçun konsert ötişini kutib, keyinroq prem'yerasini ötkazdik”, - dedi ma'mur.

Ta'kidlaş örinliki, bugungi özbek estrada san'atida har ikki xonandaning ham öz örni, öz ovozi va uslubi bor. Şu bois ikkala xonanda ijrosidagi “Yiğlatur” taronasini e'tiboringizga havol etamiz, xolis bahoni özingiz çiqaring.

Botir Qodirov ijrosida

Sardor Mamadaliyev ijrosida