Gollandiyalik oğufuruşlar guruhi a'zolari 2014 yil boşidan 2015 yilning iyunigaça Buyuk Britaniya hududiga 2,4 mlrd dollarlik yuzlab kilogramm giyohvand moddalarni qalbaki tez yordam maşinalarida olib ötişgan.

iTV telekanalining xabar berişiça, jinoyatçilar Buyuk Britaniyaning turli şaharlariga: Esseks, London, Mançester, Mersisayd, Uest-Yorkşir va Midlendsga kokain, geroin va boşqa turdagi giyohvand moddalarni olib ötiş uçun qalbaki feldşerlik kiyimi va qöltiqtayoq bilan bölgan fiktiv bemorlardan foydalanişgan. Ular şu tarzda 45 ta narkotiklar partiyasini olib öta olgan.

Jinoyatçilar qölga olindi. Ularni uzoq muddatli qamoq jazolari kutmoqda. Oğufuruşlarga jazo hukmi keyingi haftada çiqarilişi kutilmoqda.