Anqaraning Rossiyaga tegişli Su-24 samolyotini urib tuşirişi rejalaştirilgan akt böldi hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning mintaqadagi ekstremistik guruhlar bilan bölgan aloqalari orqali tuşuntiriladi. Bu haqda Livanning sobiq prezidenti Emil Laxud RT telekanaliga bergan intervyusida aytib ötdi.
Uning fikriça, Erdöğan 5 yildan buyon terrorçi va ekstremistik kuçlarni qöllab-quvvatlamoqda. Hatto IŞID taşkil topganida u özining toğli çegara massivi orqali guruhga neft taşişga ruxsat bergan edi.
“Bu axborot butun dunyoga ma'lum”, - ta'kidladi u.
Şuningdek, Laxudning fikriça, Erdöğan Turkiya va Suriya örtasida oraliq hudud yaratib, uni ekstremistlarga Suriya hukumat kuçlariga hujum qiliş platsdarmiga aylantirmoqçi.






