27 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar, tegişli vazirliklar va idoralarning rahbarlari, ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Axborot xizmati xabariga köra, joriy yilning 9 oyi yakunlari böyiça mamlakat yalpi içki mahsulotining ösişi 8,0 foizni taşkil etdi, sanoat mahsuloti işlab çiqariş hajmi ham 7,3 foizga oşdi. Inflyatsiya darajasi prognoz körsatkiçlaridan oşmadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik yanada mustahkamlanib, taşqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi kuzatildi.
Davlat byudjyeti daromad qismining prognoz körsatkiçlariga nisbatan 100,2 foizga ijro etilişini ta'minladi, bu YaIMga nisbatan 22,4 foizni taşkil etdi. Davlat byudjyetining xarajatlari YaIMga nisbatan 22,3 foizni taşkil etib, bu Özbekiston Respublikasining Davlat byudjyetini YaIMga nisbatan 0,1 foiz profi






