27 noyabr kuni ÖzDJTUning faollar zalida oliygohda ilk bor taşkil etilayotgan “Students` union”, ya'ni “ talabalar uyuşmasi”ga prezidentlik saylovi bölib ötdi. Unda universitet rektori Şuhrat Qayumov, ma'muriyat vakillari, oliygohning eng iqtidorli hamda faol talabalari, respublika va xalqaro olimpiada ğoliblari, şuningdek turli xil nomdor stipendiya sohiblari iştirok etişdi.

Saylovni oliygoh rektori kiriş sözi bilan oçib berdi va öz nutqida uyuşma, uning kelgusidagi faoliyati, talabalarga yaratiladigan imkoniyatlar hamda ulardan talab qilinadigan ulkan mas'uliyatlar haqida gapirib ötdi. Tadbirda fakultetlar orasida ötkazilgan saylovlarda yetarli ovoz töplay olgan 17 nafar talaba özlarining kelajakda amalga oşirmoqçi bölgan işlari, ğoya va takliflari aks ettirilgan prezentatsion çiqişlari bilan iştirok etişdi.

Ovoz beruvçilar töldirilgan byulletenlarni maxsus qutilarga taşladilar. Natijalar şu zahotiyoq hay'at a'zolari tomonidan körib çiqilib, e'lon qilindi. Unga köra, xolisona va qizğin ruhda keçgan saylovda nomzodlar orasida eng köp ovoz töplagan Jahongir Tursunov uyuşma prezidenti etib saylandi. Tadbir sönggida universitet rektori sözga çiqib, ğolibni tabriklab, uyuşmaning kelgusidagi faoliyatiga omadlar tilab, talabalarga bölgan işonçi juda yuqori ekanligi va ular universitet mavqeyini jahon miqyosiga kötara olişlariga işonçi komil ekanligini yana bir bor ta'kidlab ötdi.

Rustambek EŞBEKOV, ÖzDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi