Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Rossiya 2016 yilning 1 yanvaridan Turkiya bilan vizasiz rejimni bekor qiladi. Bu haqda RIA Novosti naşri xabar tarqatgan.

"Rossiya Federatsiyasi hukumati qaroriga köra, Rossiya va Turkiya örtasida amalda bölgan vizasiz rejim töxtatiladi", deydi Lavrov.

Vazirning sözlariga köra, rossiyaliklar uçun Turkiya tomonidan haqiqatda ham xavf mavjud.

Lavrovning ma'lum qilişiça, Turkiya jangarilar dunyoning turli tomonlariga tarqaliş nuqtasiga aylangan.

"Ming afsuski, yumşoq qilib aytganda Turkiya öz hududlaridagi bizning fuqarolarimiz xavfsizligini ta'minlamaydi", deydi vazir.

Qayd etiş kerakki, Rossiya va Turkiya örtasidagi munosabatlar sovuqlaşgandan sovuqlaşib bormoqda.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya çegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada iştirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tuşirildi. Turkiyaning ta'kidlaşiça, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib ötgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etişiça, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.