«VIA-TASHKENT» korxonasi tamonidan Toşkent şahri jamoat transporti yölovçilari uçun avtobuslarning bekatlarga keşişini onlayn tarzda körsatib turuvçi maxsus informatsion VIA.UZ mobil ilovasi işga tuşirildi.

VIA.UZ dasturi ijtimoiy loyiha bölib, yölovçilarning jamoat transportini kutiş vaqtini tejaş hamda jamoat transporti işini yanada yaxşilaşga qaratilgan.

Mobil ilova foydalanuvçilari avtobuslarning bekatlarga keliş vaqtlari böyiça ma'lumotlar olişdan taşqari, dastur orqali taklif va mulohazalarini yuborişlari, uşbu sohaga oid yangiliklarni kuzatib borişlari ham mumkin. Unda foydalanuvçi doimiy ravişda avtobuslarga çiqadigan bekatlarni aniqlab olib, kerakli avtobusning kelib-ketiş vaqtini kuzatib borişi mumkin. Agarda jamoat transporti haydovçisi yoki çiptaçisi tartib-qoidalarni buzsa, deylik bekatlarda töxtamasdan ötib ketsa, bu haqda mobil ilova orqali şikoyat yuborişi mumkin.

Loyiha «Toştransdispetçerxizmat» Unitar korxonasi hamda Toşkent şahar hokimligining yölovçi taşişning barça turlari harakatini litsenziyalaş va muvofiqlaştiriş Departamenti bilan hamkorlikda yaratilgan.

Ilovani quyidagi manzil orqali yuklab olişingiz mumkin:

Android uçun: iPhone uçun