BAAning Zarooq Motors kompaniyasi özining birinçi işlanmasi – umumiy foydalaniş yöllari uçun ham sertifikatlaştiriluvçi Sand Racer poyga yöltanlamasi yaratişi haqida ma'lumot tarqatdi. Bu avtomobil soatiga 200 km gaça tezlik bilan harakatlana oladi. Yangi model şu hafta oxirida Abu-Dabida ötadigan “Formula-1” Gran-prisi vaqtida namoyiş qilinadi.

Orqa ğildiraklari tortuvçi yangi avtomobil karbon va şişa toladan foydalangan holda qölda yaratilgan yangi şassida quriladi. Avtomobilni yaratiş uçun GP2 poyga seriyasining Campos Racing poyga jamoasi va bu yili Formula E poygasining birinçi çempionatini yutgan e.dams-Renault jamoasi mutaxassislari javob beradilar. Maşinaning podveskasi (amortizatorlar, prujinalar, stabilizatorlarni öz içiga oluvçi, maşinaning kuzovi va yölni boğlovçi böğin) murakkab yöllarda tez haydaş va qumtepalarda yuriş uçun maxsus sozlanadi.

Avtomobil çöldagi eng tezkor va çidamli ilon – qum iloni nomiga Zarooq deb atalgan. Kompaniyaning rahbariyatiga “Yas Marina” trassasining sobiq boşqaruvçi direktori Muhammad Al Kadiy, Formula Ford, Formula Renault va Formula 3 poygalarida iştirok etgan fransuz poygaçisi Bruno Laffit kirdi.

Avtomobilda BAAda yaratilgan va işlab çiqariluvçi 3,5 litrli 6 silindrli benzin dvigateli örnatiladi. Keyingi oyda motor sinovdan ötkaziladi. Motor buyurtmaçining istagiga köra 305, 400 va 500 ot kuçiga ega körinişda işlab çiqarilişi mumkin. Uzatmalar qutisi rulda joylaştirilgan dastaga ega olti poğonali “avtomat” körinişida. Avtomobilning oğirligi bir tonnadan sal köproqni taşkil qiladi, kuzov ğildirakka nisbatan vertikal holatda 35-40 smgaça çiqib-tuşib harakatlana oladi. Ğildirak disklari 15 dyuymli, 33 dyuymli yöltanlamas şinalarga ega.

Bundan taşqari, Zarooq Motors Dubayda BAAda yöltanlamas maşinalar uçun möljallangan birinçi poyga trekini qurmoqçi. Trekning umumiy maydoni 100 akrga yaqinni taşkil qiladi. Bu yerda barça istovçilar uçun qum böylab avtomobil haydaş böyiça öquv kurslari ötkazilişi kutilmoqda. Bundan taşqari, Sand Racer avtomobili uçun poyga monokubogi yaratiladi. Bu poygani çölda ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Sand Racer’ning bazaviy versiyasi narxi 100 ming dollarga yaqinni taşqil qiladi. Kompaniya modelni hozirça BAAda sotişni möljallamoqda. Keyinroq maşina Yevropaga ham yetkazib berilişi mumkin.