BMT qişloq xöjaligi va oziq-ovqat dasturi vakillari 24 noyabr kuni Bişkekda Qirğiziston, Afğoniston va Tojikistonda çigirtkalar nazorati loyihasini imzoladi. Bu haqda 26 noyabr kuni taşkilot tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytildi.
Çigirtka qişloq xöjaligiga juda katta zarar keltiradi va odatda odam kam hududlarda bolalab, köpayadi, deb tuşuntirda dasturning matbuot kotibasi Olga Grebennikova.
Uning qöşimça qilişiça, loyiha qiymati 5 mln dollarni taşkil qilib, u 2019 yilga qadar amalga oşiriladi. Mablağ Yaponiya hukumati tomonidan taqdim etilgan.