Jahonning bir qança yirik kompaniyalari öz mablaği va harakatlarini ekologik toza energiya manbalari texnologiyalarini yaratiş borasidagi işlanmalar yölida birlaştirişlarini ma'lum qildi.
Uşbu maqsadda birlaşgan tijoratçi va biznesmenlar guruh Breakthrough Energy Coalition nomini oldi. Iştirokçilar qatorida Facebook asosçisi Mark Tsukerberg, Microsoft asosçisi Bill Geyts, Amazon rahbari Jyeff Bezos, Alibaba Group asosçisi Jyek Ma, Virgin Group asosçisi Riçard Brenson bor.
Dastlabki bosqiçda guruh öz mablağlarini elektr işlab çiqariş, uni saqlaş, yetkaziş va işlab çiqariş samaradorligini oşirişga sarflaydi. Keyinçalik ular innovatsion ğoyalarni keng bozorga olib çiqa oladigan yirik investorlarni jalb qilişni rejalaştirmoqda.
Breakthrough Energy Coalition guruhining asosiy maqsadlaridan biri global isişni töxtatiş va eng kambağal davlatlarni energiya bilan ta'minlaşdir.






