Özbekiston Içki işlar vaziri buyruğiga asosan Namangan viloyati Içki işlar boşqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

IIV rasmiy naşri hisoblanmiş «Na postu» gazetasida xabar berilişiça, podpolkovnik Aziz Toşpölatov Namangan viloyati IIBning yangi boşliği etib tayinlangan.

Şu yilning fevral oyida viloyat IIBga polkovnik Rustam Jörayev boşliq etib tayinlangandi. Oktyabr oyida u Xorazm viloyati IIBga rahbar sifatida tayinlangan.