AQŞ prezidenti Barak Obama "Bataklan" teatriga taşrif buyurdi va 13 noyabr kungi fojia qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda ABC News xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda Parijda 29 noyabr kuni boşlangan Iqlimiy sammit munosabati bilan bölib turgan Obama "Bataklan"ga Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda şahar meri Anna Idalgo hamrohligida taşrif buyurgan.

Obama qurbonlarni xotirlaş uçun maxsus barpo qilingan joyga oq gul qöygan va engaşib, boşini quyi solgan köyi bir daqiqa davomida gullar va şamlarga tikilib turgan.

Bundan oldinroq, Ukraina prezidenti Pyotr Porşenko "Bataklan" fojiasi qurbonlari xotirasiga gul keltirgani ma'lum qilingandi.

13 noyabr kuni Parijda davomli teraktlar sodir etildi. Ularning eng qonlisi "Bataklan" teatrida yuz berdi. 3 nafar jangani konsert bölib ötayotgan teatr zaliga bostirib kirib, odamlarni öqqa tutişi natijasida voqea joyida 89 kişi halok bölgan. Şu vaqtda "Stad de Frans" va boşqa hududlardagi teraktlar tufayli jami 130 kişi halok bölib, 351 kişi jarohatlangan.