Kamçatka ölkasi politsiyasi 11 yil muqaddam armiyadan qoçib, Radigino qişloğida yaşirinib kelgan erkakni qölga oldi. Bu haqda IIVning mintaqaviy bölinmasi sayti orqali xabar qilindi.
Taganrogda yaşovçi 1985 yili tuğilgan erkak 2003 yili yarim orolning harbiy qismlaridan birida xizmatni ötayotgan edi. Keyingi yili u armiyadan qoçib ketgan. Bir neça oydan söng qarindoşlari uni halok bölganlar içida taniganini aytişgan va şu bilan iş yopilgan.
Qölga olingan erkak şu yillar davomida Kamçatka örmonida yaşaganini, tasodifiy daromadlar hisobiga kun körganini, qarindoşlari bilan aloqaga çiqmaganini ma'lum qildi.
Politsiya uni harbiy tergovçilarga topşirdi.






