AQŞ Davlat departamenti 30 noyabrda Xillari Klintonning şaxsiy elektron qutisidagi elektron maktublarning 5 ming sahifasini oçiq foydalanişga qöydi. Avvalgilari kabi bu maktublar Klinton tomonidan qabul qilingan va yuborilgan maktublarni öz içiga olgan.
Mahalliy OAVlarning guvohlik berişiça, bu 5 ming sahifadan 6 foizigina oşkor etilişi mumkin bölmagan ma'lumotlarni öz içiga oladi. Bu gal maxfiylaştirilgan maktublarning asosiy qismi Klintonning Davlat departamenti xodimlari bilan yozişmalarining bir qismi bölgan. Biroq ulardan ba'zilari Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Toni Bler, AQŞda maşhur siyosiy texnolog, Xillari Klinton va uning turmuş örtoği Bill Klinton bilan işlagan Sidney Blyumentalga atalgan bölgan. Bu maktublarda Şimoliy Irlandiyadagi tinçlik muzokaralari haqida söz yuritilgan.
Klinton AQŞ Davlat departamentiga 55 mingta işçi yozişmalarini bergan, özining 30 mingdan köproq elektron maktublarini öçirib taşlagan va buning uçun qattiq tanqidga uçragandi.
Endi Davlat departamenti qolgan maktublarni bölib-bölib çop etmoqda. Bu jarayon 2016 yil yanvarida öz nihoyasiga yetişi mumkin.






