AQŞning Suett şaharçasi qoldiqlari (Janubiy Dakota ştati) kim oşdi savdosi orqali sotiladi. "Arvoh şahar" nomini olgan bu şaharning 250 ming dollar narx bilan sotuvga qöyilgani haqida savdo agenti Steysi Montgomeri ma'lum qilgan.

Ma'lumot uçun, Suett şaharçasi Rapid-Sitidandan 160 km janubi-şarqda joylaşgan. Unda kiçik bar, bir neça xöjalik inşooti, ustaxona va artezian quduği mavjud. Avtomobil şossesiga ulangan şaharçaning maydoni 0,02 kv. km.

1940-yillarda Suett şaharçasi aholisi 40 nafar atrofida bölgan. U vaqtda şaharda dökon va poçta ham bor edi. Ayni vaqtda şaharçadagi uyda 2 kişi, xöjayin Lens Karson va uning rafiqasi yaşaydi. Ularning kuçugi ham bor. Janob Benson şaharçani 1988 yilda sotib olgan, keyinroq nikoh bitimi şartlari böyiça uni sotişiga töğri kelgan, 2012 yilda yana qayta xarid qilgandi.

Şaharçani sotib olgan kişi unga yangi nom berişi mumkinligi aytilgan. Montgomerining aytişiça, Suettni sotib olişga qiziqiş nafaqat AQŞda, Rossiya, Xitoy, Germaniya va Avstraliyada mavjud. Şuningdek, Rossiyadagi kinokompaniyalardan biri bu yerda film olişni maqsad qilgan.

Qayd etilişiça, 2014 yilda ham şaharça sotuvga qöyilgan, lekin xaridor topilmagandi. Öşanda şaharça uçun 399 ming dollar söraşgandi.