Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Toşkent” seysmik stansiyasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, 2015 yil 1 dekabrda soat 11:14 da markazi Toşkentdan şarqqa tomon 350 km uzoqlikda, Qirğiziston hududida bölgan zilzila qayd qilingan.
“Zilzila magnitudasi markazida 5,5 ballni taşkil qilgan. Zilzila Toşkentda 2 ball, Adijonda 2,5 ball, Farğonada 2 ball, Namanganda 2 ballik kuç bilan sezildi.
Özbekistonning qolgan hududlarida zilzila sezilmagan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan”, deb aytilmoqda xabarda.






