Gvatemala huquqni muhofaza qiliş xodimlari mamlakat qamoqxonalaridan biridagi isyon vaqtida halok bölgan mahbuslarning sonini aniqladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Hukumat ma'lumotiga köra, 16 nafar kişi halok bölgan. Avvalroq ularning soni olti nafar ekanligi xabar berilgan edi.
Hukumatning aniqlik kiritişiça, halok bölganlarning barçasi mahbuslar, ular orasida nazorat xodimlari yöq. Voqea mahbuslar örtasida kelib çiqqan töqnaşuvdan sodir bölgan. Ularning ayrimlari, hatto, Kalaşnikov avtomatlari bilan qurollangan bölişgan.
Qurolli qöşinning maxsus guruhi qamoqxonada tartib örnatiş uçun u yerga yönaltirilgan.






