Angliyaning «Mançester Siti» klubiga egalik qiluvçi City Football Group konserni Xitoyning China Media Capital xolding kompaniyasi bilan hamkorlikni yölga qöygani haqida xabar berdi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy saytida ma'lumot berilgan.
Manbada yozilişiça, CMC Holdings CFG ning 13 foizdan sal köproq aksiyalarini 400 million dollar evaziga xarid qilgan. Hamkorlik böyiça muzokaralar yarim davom etgan.
Xabar qilinişiça, City Football Group mazkur kelişuvdan tuşgan mablağni kompaniyaning Xitoydagi va xalqaro bozordagi rivoji uçun sarflaydi. Şuningdek infrastruktura aktivlarini rivojlantiriş uçun ham ma'lum miqdorda mablağ ajratiladi.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, City Football Group «Mançester Siti», «Melburn Siti» (Avstraliya), «Nyu-York Siti» (SŞA) va «Yokogama F Marinos» (Yaponiya) jamoalariga egalik qiluvçi konsern sanaladi.






