Mavritaniya mamlakati prezidenti Muhammad ul Abdul Aziz xohişiga köra, mamlakat superkubogi uçun keçayotgan uçraşuv 63-daqiqada töxtatilib penaltilar seriyasiga köra ğolib aniqlandi. Bu haqda Bleacher report naşri xabar tarqatdi.
Manbaning yozişiça, mamlakat prezidenti «Tevrag-Zeyna» va «Aks Ksar» jamoalari örtasidagi uçraşuvga taşrif buyurgan. Öyinning 63-daqiqasida, hisob 1:1 körinişi olgan paytda öyin töxtatilib, penaltilar seriyasi ötkazilgan.
Talqinlardan biriga köra, prezident öyinning borişidan juda ham zerikkanidan şunday buyruq berişga qaror qilgan, boşqa talqinga köra u Mavritaniyaning fransuzlar qölidan ozod bölganiga 55 yil tölişini tezroq nişonlaş va ğolib nomini bilmasdan ketişni istamagani uçun şunday qarorga kelingan.
Keyinroq, Mavritaniya futbol federatsiyasi prezidenti bu prezidentning şaxsiy buyruği tufayli bölganini inkor qildi. Uning sözlariga köra, klub murabbiylari va prezidentlari yiğilişib bu qarorga kelişgan.
Penaltilar seriyasiga köra «Tevrag-Zeyna» klubi ğalabani qölga kiritgan.
Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, Muhammad ul Abdul Aziz Mavritaniyani 2009 yildan buyon boşqarib keladi.






