AQŞ prezidenti Barak Obama Parijdagi iqlimiy sammit vaqtida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşdi va Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi. U uçraşuv vaqtida Suriyadagi inqirozning hal etilişida Başar Asad hokimiyatni tark etişi muhim örin egallaşini qayta ta'kidlagan. Bu haqdagi ma'lumotni Rossiya prezidentining matbuot xizmati boşliği Dmitriy Peskov tasdiqlagan.
"Prezidentlar uçraşuvi vaqtida Suriyadagi siyosiy muammolarni hal qilişni tezlaştiriş çoralari muhokama qilindi", degan Peskov.
Obama şuningdek, Ukrainadagi vaziyatni ham diplomatik yöl bilan hal qiliş zarurligini qayd etgan va agar Rossiya Mins kelişuvlariga töliq amal qiladigan bölsa, Rossiyadan sanksiyalar yeçilişini bildirgan.
Biroz oldinroq, ikki prezidentning Parij sammiti doirasidagi uçraşuvi yarim soatdan ortiqroq davom etgani xabar qilingandi.






