AQŞ prezidenti Barak Obamaning Parij şahrida Xitoy va Hindiston rahbarlari bilan uçraşuvi taşqi dunyo uçun işora deya baholandi. Bu haqda Obamaning Oq uydagi taşqi siyosat böyiça yetakçi maslahatçisi Ben Rods 30 noyabr kuni bölib ötgan brifingda ma'lum qildi.
“Prezident Obama şu yerda, Parijdagi öz uçraşuvlari orqali Xitoy va Hindiston bilan ulkan bitimlar tuzilişi haqida işora qilib ötişni istadi”, - dedi Rods. Uning sözlariga köra, Obama XXR raisi Si Tszinpin bilan uçraşuvi juda konstruktiv keçdi.
“Öylaymanki, ularning barçasi iqlim özgarişi AQŞ va Xitoy örtasidagi hamkorlikning tayanç nuqtasi bölişiga işonç bildirişdi, - deya qöşimça qildi maslahatçi.
– Ular ulkan bitimlarga erişişda bir-biri hamda özlari ta'sir körsata oladigan mamlakatlar bilan işlaşga va'dalaşişdi”.
Uning ta'kidlaşiça, mazkur hamkorliklar ham iqlim, ham taraqqiyot böyiça çaqiriqlarga javob beradi.






