26 noyabr kuni Özbekiston Milliy matbuot markazida aholi orasida tabiiy is gazi va ovqatdan zaharlaniş, botulizm va boşqa bir qator yuqimli kasalliklarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar mavzusiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Matbuot anjumani Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan taşkil etilib, unda Soğliqni saqlaş vazirligi, “Öztransgaz” AK mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.
Mutaxassislar öz ma'ruzalarida kun tartibidagi masala yuzasidan respublikamizda sodir bölişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarni oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbirlar yuzasidan anjuman iştirokçilariga atrofliça ma'lumot berişdi. Bu haqda Özbekiston FVV matbuot xizmati xabar bergan.
"Haqiqatdan ham qiş mavsumida, ya'ni ob-havoning keskin pasayişi kuzatilganda aholi orasida isitiş moslamalaridan foydalaniş va konservalangan mahsulotlarga bölgan ehtiyoji sezilarli darajada oşadi.
Ayni holatni inobatga oladigan bölsak, matbuot anjumanida körib çiqilgan masala bugungi kunda naqadar dolzarb ekanligi, öz vaqtida aholiga xavfsizlik qoidalarini etkaziş zarurligi va ogohlikka çaqiriş muhimdir.
Mavsum oldidan mutaxassislar tomonidan joylarda bir qator amaliy tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda. Jumladan, nostandart, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan isitiş moslamalarini keng tarqalişini oldini oliş maqsadida ötkazilgan örganiş işlarida 1934 ta holat aniqlangan va bartaraf etilgan.
Bundan taşqari, ovqatdan zaharlaniş holatlarini oldini oliş maqsadida bozorlar va ommaviy ovqatlaniş joylarida, davolaş va öquv muassasalarida jami 16640 marotoba davra suhbatlari, uçraşuvlar va tuşuntiriş işlari ötkazilgan.
Bu yönalişda olib borilayotgan işlarning samarasini oşiriş uçun muntazam ravişda ommaviy axborot vositalari orqali çiqişlar taşkil etilib, bevosita aholi bilan muloqot davomida 271 mingdan ortiq eslatmalar tarqatilgan", deyiladi xabarda.
Anjuman öziga xos jonli tarzda bölib ötdi va jurnalistlar özlarini qiziqtirgan barça savollarga mutaxassislardan javob olişdi.






