Qozoğiston Milliy banki 2015 yil 1 dekabrdan 20 ming tangalik qoğoz pulni muomalaga kiritmoqda, deb xabar bermoqda bank matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda nur.kz naşri.

“Qozoğistonning birinçi prezidenti davlat bayrami munosabati bilan Qozoğiston Milliy banki 2015 yil 1 dekabrdan 20 ming tangalik qoğoz pulni muomalaga kiritmoqda”, deyilmoqda xabarda.

Milliy bankda bu qoğoz pul 2013 yildayoq tayyorlangani eslatib ötildi.

“Bu qoğoz pul muomalaga kiritilgandan keyin boşqa pul birliklari bilan bir qatorda qonuniy tölov vositasi hisoblanadi hamda barça tölovlar va pul ötkazmalarida qabul qilinişi şart”, deb aytilmoqda xabarda.

Banknota dizayni muomalada bölgan boşqa banknotalar bilan bir uslubda bajarilgan: pulning old tomoni aksariyat vertikal çiziqlardan, orqa tomoni gorizontal çiziqlardan iborat. Banknota ölçami 155x79 mm. U kulrang-kök ranglarda işlangan.

Old tomonida “Qazaq Yeli” yodgorligi, qanotli ot va Mәңgіlіk Yel tantanavor arkasi asosiy tasvirlar hisoblanadi. “Qazaq Yeli” tarixiy-yodgorlik majmuasi Qozoğiston mustaqilligining ramzi bölib, Ostonaning 10 yillik yubileyi arafasida oçilgan. Yodgorlik toşi balandligi 91 metr bölib, Qozoğiston mustaqillikka erişgan 1991 yilni bildiradi.

Banknotaning çap yuqori qismida qanotli ot tasvirlangan. Qanotli ot köp xalqlarda, jumladan turkiyzabon va köçmançi xalqlarda sof nur va hayot, ilhom va hosildorlik, maqsadga intiluvçanlik va hokimiyat ramzi sifatida qabul qilingan.

Banknotaning orqa tomonida asosiy tasvir sifatida Qozoğiston xaritasi va Ostonaning Oqörda, Parlament va Hukumat binolari manzaralari namoyon bölgan.

Yangi banknota qozoq tangasi pul birliklari içida eng himoyalangani va dunyo böyiça eng himoyalanganlardan biri hisoblanadi.

Banknotani himoya qiliş uçun qalbakilaştirişdan himoyalaş sohasidagi eng oxirgi innovatsiyalardan foydalanilgan. Banknotaning old tarafidagi himoyalovçi elementlar sifatida uni yoruğlikka tutganda ikki tomondan körinuvçi Samruq afsonaviy quşi körinişidagi suv belgisi va quşning şaffof oyna körinişidagi konturi hizmat qiladi. Banknota dizaynining tovlanuvçi elementlari qanotli ot, qozoq naqşi va tovlanuvçi himoya ipi körinişida bajarilgan.

Közi yaxşi körmaydiganlar uçun banknotaning öng tomoniga uşlaganda seziluvçi 7 ta baland relefli uçburçak tuşirilgan.