Rossiyaliklarning köpçilik qismi terror qurboni bölişdan qörqadi. Bu haqda Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan ötkazilgan sörovnoma natijalaridan ma'lum böldi. Tadqiqot yakunlari taşkilot saytida e'lon qilindi.

Jamiyatşunoslar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, respondentlarning 31 foizi terrorçilar qölida juvonmarg bölişdan juda, 41 foizi esa şunçaki çöçiydi. Şu bilan birga, ularning 15 foizi bunday ehtimolning yöqligiga işonmoqda, 12 foizi esa hatto bu haqida öylab ham körişmagan, nihoyat, 1 foizi savolga javob berişga qiynaldi.

Ta'kidlanişiça, bu yilgi körsatkiçlar 2014 yil yanvaridagiga juda yaqindir – öşanda rossiyaliklar Volgograddagi teraktlardan qörqib qolişgan edi.