Rossiya Harbiy-kosmik kuçlari vakili, polkovnik Igor Klimovning ma'lum qilişiça, Rossiyaga tegişli Su-34 samolyoti harbiy topşiriq uçun nafaqat bombalar, balki "havo-havo" toifasidagi raketalar bilan yöl oldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.
"Rossiyaning Su-34 rusumdi harbiy qiruvçi-bombardimonçi samolyoti birinçi marta parvozga qisqa va örta masofalar uçun möljallangan "havo-havo" raketalari bilan çiqdi. Samolyot OFAB-500 va KAB-500 aviabombalari bilan ham ta'minlangan", deya ma'lumot bergan Klimov.
Uning aytişiça, bu raketalar samolyotga 60 km masofadagi duşmandan himoyalaniş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni Suriya osmonida urib tuşirilgan Su-24 bombardimonçi samolyoti Suriyaning Lataqiya viloyati hududiiga, Turkiya çegarasiga yaqin bölgan hamda Rossiya aviatsiyasi bazasi joylaşgan hududga qulagandi.
Samolyotni urib tuşirgan Turkiya tomoni samolyot öz havo kengliklarini buzib ötganlikda ayblab urib tuşirgan.
Moskva tomoni esa bu ayblovni tan olmagan.






