Samarqand şahar hokimligi madaniyat va sport işlari bölimi, Amir Temur madaniyat va aholi dam oliş markazi hamda 55-sonli umumta'lim maktabi hamkorlikda madaniyat markazi qoşidagi “Xalq xori”ning taşkil etilganiga 50 yil tölişi munosabati bilan “Qöşiqqa muhabbat” deb nomlangan yubiley konsertining taqdimoti bölib ötdi.
Keçada xor ijrosi uçun yozilgan maşhur klassik qöşiqlar, köpçilikga manzur bölgan ijodiy dastur namoyiş qilindi, bundan taşqari, Amir Temur madaniyat va aholi dam oliş markazi qoşidagi badiiy havaskorlik jamoalari uşbu ijodiy guruhni unutilmas sana bilan tabriklaş uçun özlarining rang-barang çiqişlari bilan tadbirga kelganlarni xuşnud etdilar.
Tadbirni Rus milliy markazi raisi Yuriy Ognev tabrik sözi bilan oçib, jamoaning ijodiy yöliga bir oz nazar taşladi, ular olib borayotgan yorqin ijodiy jarayon töğrisida tölqinlanib gapirdi va jamoaga milliy markaz nomidan tayyorlangan taşakkurnomani topşirdi. Töyga töyona degandek, 55-maktabning çet tili öqituvçisi “Esperanto” tögaragini faol qatnaşçisi Bahodir Xabibov jamoaga Anatoliy Ionesov tomonidan yozilgan bağişlovni özbek tiliga tarjima qilgan holda özbek va rus tillarida öqib berdi. Ijodiy keçada qöşiqçi va şoumen Marat Sadikov, mohir raqs ustasi Yodgora Narzullayeva, Alla Dukart va Anatoliy Kuznetsov dueti, 55-maktab öquvçisi Bobur Muhiddinov, xuşovoz xonandalar Şerzod Tursunov, Salohiddin Oripov, “Döstlik” klubining faol iştirokçisi Roza Şamsutdinovna Rafikovalar öz dasturlarni bilan iştirok etdilar.
Amir Temur madaniyat va aholi dam oliş markazi qoşida faoliyat körsatib kelayotgan “Xalq xor” jamoasi, aytiş mumkinki, nafaqat viloyatimizda, balki respublikamizdagi eng keksa xor jamoalaridan. Jamoaning “Xalq xori” unvonnini olganiga bu yil 50 yil töldi. Ijodiy jamoa özining yorqin faoliyati davomida bir neça marotiba şahar, viloyat va respublika miqiyosida ötgan turli körik-tanlovlarda, festivallarda ğoliblikni qölga kiritgan. Bu ijodiy faol jamoa, doimo izlanişda repertuariga nazar taşlasangiz, rang-barang, xor ijrosi uçun yozilgan klassik qöşiqlardan tortib, zamonaviy qöşiqlargaça mavjud. Turli yillarda davomida ijodiy jamoaga Böri Komilov, Vladimir Mnatsakanov, Serkiy Kanançuk, Sergey Kanonçuk, Alla Papandakulo, Svetlana Klinkova, Nina Bobrova, Elvira Ibragimova, Sergey Kardaşov, Lidiya Sidorova, Valeriy Burkovskiy, Irina Doronina, Galina Vulix, Tamara Şaxova, Şodi Maxmudov, Galina Soldatova, Yevdokiya Korniyenko, Inna Legkova, Lyudmila Popova faoliyat körsatib keldilar. Bugungi kunda Toşkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan Xusniya Sattarova ijodiy jamoaga xormeyster, Samarqand san'at bilim yurtini tamomlagan Yelena Petrenko konsertmeysterlik vazifalarida faoliyat körsatib kelmoqdalar.

Hozirda jamoa a'zolarining umumiy soni 22 kişidan iborat. Turli sohalarda faoliyat körsatgan, hozirda keksalik gaştini sörayotgan nuroniy, har xil millat vakillaridan iborat turli yoşdagi insonlarni xalq qöşiqlariga bölgan muhabbatgina birlaştira olgan.
Ijodiy guruhning repertuariga nazar taşlaydigan bölgangiz rus va özbek kompozitorlari yaratgan asarlar hamda jahon durdonasi bölgan musiqa va qöşiqlar borligiga guvoh böliş mumkin. Ijodiy jamoa Samarqand şahrimizning madaniy hayotida munosib örni va salohiyati bor. Har qanday ötadigan bayramlar ijodiy jamoasiz ötmaydi. Bu Yangi yil tadbiri deysizmi, mustaqillik bayrami, “Navröz”, “Vatan himoyaçilari” kuni, “Xotira va qadrlaş” kuni, Şahar kuni, “Gullar bayram”larini aytib ötiş mumkin. Ijodiy jamoa har yili Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan joylarda bayramoldi xayriya tadbirlarini ötkazişni an'anaga aylantirib bormoqda. Şunday xayriya tadbirlari maktablarda, kollejlarda, xarbiy qismlarda, mehribonlik hamda sahovat uylarida, A.P. Çexov nomida teatrida namoiş qilinib kelinmoqda. Mana, 50 yildan buyon ijodiy jamoa öz qöşiqlari bilan san'atsevar samarqandliklarni xuşnud etib kelmoqdalar. Samarqand şahar Amir Temur madaniyat va aholi dam oliş markazi qoşidagi “Xalq xor” jamoasi barça uşbu san'at turini sevuvçilarini öz jamoasi safiga taklif etadi. Marhamat, keling, xursand bölamiz!
Oçil Jumanazarov, Samarqand şahar Amir Temur
madaniyat va aholi dam oliş markazi direktori
Foto: A. Ivanov






