Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov tomonidan yaratilgan “Olğa, olğa, faqat olğa, sevimli vatanim – Turkmaniston” qöşiğini butun zal, ya'ni 4 mingdan köproq odam turib ijro etdi. Bu holat jahon rekordi sifatida Ginness rekordlar kitobida qayd etildi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi ma'lum qildi.

Qöşiqning matni va musiqasini Berdimuxamedovning özi yozgan. Qöşiq 2015 yilda Xalqaro turk madaniyati taşkiloti (TURKSOY) tomondan 2015 yilda turk dunyosining madaniy markazi deb e'lon qilingan Turkmanistonning Mari şahridagi konsertda ijro etildi. Mari tomonidan bu missiyaning yakunlanişiga bağişlangan konsert aynan şu tadbir uçun ulkan ötov körinişida maxsus qurilgan yangi konsert zalida bölib ötdi.

TURKSOYga a'zo davlatlar vakillari iştirok etgan bu konsert yakunida Berdimuxamedovning qöşiği ijro etildi. Qöşiqçilar bilan birga bu qöşiqni sahnada örnatilgan monitordan Turkmaniston prezidentining özi ham yozuvda kuyladi.

Ijroçilar bilan birga butun zal ham örnidan turgança qöşiqni kuyladi. Kontsertda bölgan Ginness rekordlar kitobi vakili Şayd Subaşi-Gamijiyning aytişiça, bu holat rekord sifatida qayd etildi. Subaşi-Gamijiy Turkmaniston prezidentiga ajoyib asar yaratgani uçun minnatdorçilik bildirdi va olqişlar ostida Turkmaniston tomoniga rekord örnatilgani haqidagi tegişli sertifikatni topşirdi.